Zero Waste Control — chiqindi boshqaruvi va transport hisoboti platformasi

Chiqindi tashish korxonasinibitta tizimda boshqaring

Kunlik 206 hisoboti, yoqilg‘i ucheti, GPS monitoring, yuridik va jismoniy mijozlar, xodimlar davomati va rasmiy hisobotlar — hammasi yagona platformada. Ma’lumot bir marta kiritiladi, qolganini tizim o‘zi hisoblaydi va GPS bilan tasdiqlaydi.

Demo so‘rash
15+
modul
8
integratsiya
98
ma'lumot modeli
222+
API endpoint
14
foydalanuvchi roli
3
til (o'z/ўз/ru)
Muammo

Excel, qog‘oz va tarqoq dasturlar

Kunlik Forma-206 qog'oz va Excel'da — har texnikaga 30 daqiqagacha vaqt, oy oxirida yig'ma hisobotga kunlar ketadi.

Yoqilg'i qoldig'i zanjiri qo'lda ko'chiriladi — xatolar yig'ilib, oy oxirida son-sanoqsiz farqlar chiqadi.

GPS, buyurtmalar, shartnoma va tushum har xil dasturda — yagona manzara yo‘q, faktlarni tekshirib bo‘lmaydi.

Texnika poligonga bordimi, xizmat haqiqatan bajarildimi — buni tasdiqlaydigan dalil yo'q.

Excel faylni istalgan kishi keyin o'zgartira oladi — kim, qachon, nimani yozgani noma'lum.

Yechim

Bitta platforma: kiritish → tasdiqlash → hisobot

Kunlik 206 hisobot wizard orqali 2–3 daqiqada kiritiladi, validatsiya xatoni joyida ushlaydi.

Yoqilg'i balansi kun-kun zanjirda avtomatik: kecha qolgan qoldiq — bugungi boshlanish, norma bo'yicha sarf o'zi hisoblanadi.

GPS (Wialon), Telegram buyurtmalar, Faktura.uz, Tozamakon — hammasi bitta platformaga ulanadi.

Har poligon/mijoz geozonasi bor: texnika kirdi-chiqdi vaqti avtomatik yoziladi — xizmat GPS bilan tasdiqlanadi.

Har yozuvda muallif, vaqt va tasdiqlovchi qayd etiladi; tahrirlash vaqt oynasi bilan qulflanadi.

Foydalanuvchilar ierarxiyasi

14 rol — har kim faqat o‘z kesimini ko‘radi

Super admin → Korxona → Tuman ierarxiyasi: tuman dispetcheri faqat o‘z tumanini, korxona rahbari butun korxonani, kuzatuvchi esa bir nechta korxonani faqat o‘qish rejimida ko‘radi.

1.Super admin (tizim egasi)

Butun tizim: barcha korxonalar, integratsiya sozlamalari, foydalanuvchilar va audit. Odatda tizimni joriy etuvchi jamoada bo'ladi.

SUPER_USER
2.Korxona darajasi

O'z korxonasi (yoki bir nechta korxona) doirasida ishlaydi. Rahbar — faqat ko'rish rejimida «toza oyna»; admin to'liq boshqaradi; buxgalter, kadr va xodim o'z bo'limi bilan ishlaydi.

KORXONA_RAXBARIKORXONA_ADMINIKORXONA_BUGALTERIKORXONA_KADRIKORXONA_XODIMI
3.Tuman / filial darajasi

Faqat o'z tumani ma'lumotini ko'radi va kiritadi. Dispetcher kunlik 206 ni to'ldiradi, direktor va buxgalter o'z kesimini nazorat qiladi.

TUMAN_DIREKTORITUMAN_ADMINITUMAN_DISPECHIRITUMAN_BUGALTERITUMAN_KADRI
4.Maxsus rollar

Kuzatuvchi — bir nechta korxonani faqat ko'rish rejimida kuzatadi (masalan, yuqori tashkilot). Xarita admini — faqat marshrut/ko'cha tahriri uchun eng kam imtiyozli rol.

KUZATUVCHIKADRMAPS_ADMIN
Ruxsat 4 qatlamda tekshiriladi
1
RolIerarxiya bo‘yicha asosiy tekshiruv — har so‘rovda
2
Modul ruxsatiHar modulga alohida: ko'rish / yaratish / tahrirlash / o'chirish
3
Vaqt oynasiKiritilgan yozuv 30 daqiqadan keyin oddiy rollar uchun qulflanadi
4
Scope filtriMa'lumot korxona/tuman bo'yicha serverda avtomatik cheklanadi
Xavfsizlik standarti

2FA — Telegram orqali 6 xonali kod, ishonchli qurilma 30 kun

Sessiya reestri — qaysi qurilmadan kirilgani + masofadan chiqarish

Audit jurnali — kim, qachon, qanday amal bajargani yoziladi

Rate-limit — parol terish (brute-force) hujumlaridan himoya

Integratsiyalar

Ishlatayotgan xizmatlaringiz bilan o‘zi bog‘lanadi

Ma’lumotlar qo‘lda ko‘chirilmaydi — tashqi tizimlardan avtomatik sinxronlanadi.

Wialon GPS

Har 5 daqiqada sinxron: pozitsiya, kunlik km, geozona kirdi-chiqdi. Kunlik km 206 ga avto-to'ldiriladi.

Tozamakon.eco

Aholi abonentlari va to‘lovlari avtomatik sinxron — jismoniy shaxslar tushumi jonli.

Faktura.uz

Elektron schyot-faktura, shartnoma va dalolatnomalar EDI sinxron — buxgalteriya bir oynada.

Telegram

Buyurtma Mini App, kunlik hisobot pushlari, 2FA kodlar, tizim ogohlantirishlari.

Hikvision Face ID

Yuz-tanish terminallardan davomat avtomatik — tabel va kechikish reytingi o‘zi yig‘iladi.

Cloudflare R2

Skan hujjatlar, foto-dalillar va zaxira nusxalar bulutda xavfsiz saqlanadi.

AI yordamchi

Tizim ichidagi AI chat — operatorga tahlil va tezkor javoblar.

Google Maps / Yandex

Xarita sahifalari, Street View, navigatsiya havolalari.

Texnologiya

Zamonaviy va barqaror stack

Next.js 14
PostgreSQL
NextAuth + 2FA
Prisma ORM
Maps API
AI (opsional)

Web-ilova — o‘rnatish talab qilinmaydi, brauzerda ishlaydi (kompyuter, planshet, telefon). Dark mode, 3 til (o‘zbek lotin/kirill, rus), kunlik avtomatik zaxira nusxa va uzluksiz monitoring bilan.

Joriy etish

4 bosqichda ishga tushiramiz

Tez start, keyin asta-sekin kengaytirish.

3–14 kun (o‘rtacha)
01
Audit
Jarayonlaringiz, texnika parki, rollar va KPI larni o‘rganamiz.
02
Sozlash
Korxona/tuman tuzilmasi, texnika va xodimlar importi, kataloglar.
03
Integratsiya
Wialon, Telegram, Faktura.uz, Tozamakon — keragicha ulanadi.
04
O'qitish
Dispetcher, buxgalter va rahbariyat uchun amaliy trening.
Savol-javob

Ko‘p beriladigan savollar

Chiqindi tashish va kommunal-xo'jalik korxonalari, ularning tuman filiallari, dispetcherlik, buxgalteriya va rahbariyat uchun. Bitta korxonadan tortib ko'p tumanli yirik tarmoqqa qadar bir xil ishlaydi — scope filtri har kimga o'z kesimini ko'rsatadi.

Demo va tijorat taklifini yuboramiz

Sizning jarayoningizga moslab jonli ko‘rsatib beramiz: korxona/tuman kesimlari, 206 hisobot oqimi, GPS va Telegram integratsiyasi, yoqilg‘i ucheti va rasmiy hisobotlar.

Korxona rahbariyati uchunDispetcher / BuxgalterYuqori tashkilot nazorati
Kontaktlar
Telefon
+998 99 838 08 96
Telegram
@salimov
Sayt / Email
zerowastecontrol.uz · info@zerowastecontrol.uz
Eslatma: tugma bosilganda Print oynasi ochiladi → “Save as PDF”.
© Zero Waste Controlzerowastecontrol.uz